14:56 / 17.02.2017
18389

Tanlov: Suv osti dunyosining eng ajoyib suratlari aniqlandi

Internet tarmog‘ida «Underwater Photographer of the Year 2017» tanlovida g‘olib bo‘lgan suratlar e'lon qilindi. Ularning ro‘yxatiga suv ostida olingan 104ta fotosurat kiritildi. Ular orasida MDH vakillari ham bor.

Tanlovning bosh sovrini — suv ostida suratga olish texnikasini xarid qilish uchun 5 ming dollarlik sertifikatni fransiyalik fotograf Gabriel Barathieu oldi. Uning «Sakkizoyoq raqsi» (Dancing Octopus) surati oliy sovringa munosib ko‘rilgan. Hakamlar hay'ati kichik jihatlarining aniqligi, yorqin tusi, obektiv linza tanlovi va fotosurat qahramonini yuqori baholashgan. 

Umuman, tanlov homiylari tomonidan joriy qilingan turli xil mukofotlar uchun 67 mamlakat suratchilari qatnashishdi. G‘oliblar orasida Rossiya va Qozog‘iston vakillari ham bor. 

Tanlov natijasi YouTube saytida jonli efir tarzida e'lon qilindi, shu yo‘l bilan barcha g‘olib va sovrindorlar nomi ma'lum bo‘ldi. Demak, quyida ushbu tanlovda qatnashgan suratlar namunalaridan zavqlanishingiz mumkin. 

«Kit bolasi o‘zini namoyish qilmoqda». Christophe Lapeze, UPY 2017

Portret: «Yashil toshbaqalar yorug‘lik nurlarida». Greg Lecoeur, UPY 2017

«Vertolyot-amfibiya». Steve Jones, UPY 2017

«So‘nggi parvoz». Steve Jones, UPY 2017

«Farrosh». Shifokor-krevetka murena og‘zini tozalamoqda. Liang Fu, UPY 2017

«Makro» tasnifi g‘olibi: «Qurbon». Qisqichbaqa bolasi yangi dunyoga kelgan va zaifligiga qaramay, o‘ljasiga hujum qilishga urinmoqda. So Yat Wai, UPY 2017

«Uch bahodir». Nadejda Kulagina, UPY 2017

«Musobaqa». Richard Shucksmith, UPY 2017

«Louilla halokati kun botishda». Csaba Tökölyi, UPY 2017

Portret: «Qorong‘ulik ruhi». Dengiz iguanasi — Halapagos orollarida yashaydigan kaltakesaklarning noyob turi. Damien Mauric, UPY 2017

«Ochiq osmondagi momoqaldiroq». Nick Blake, UPY 2017

«O‘yin». Yo‘lbars nahangi toshbaqani nonushta qilmoqchi. Edwar Herreño, UPY 2017

«Jaba baqalarining muhabbati». Luc Rooman, UPY 2017

«Aterinalar g‘ira-shira vaqtda». Tony Myshlyaev, UPY 2017

«Josus». Meduzalarning ommaviy suzishi. Ron Watkins, UPY 2017

«Kulrang delfinlar jamoasi». Nicholai Georgiou, UPY 2017

«Delfinlar ovda». Greg Lecoeur, UPY 2017

«Yuzma-yuz». ifj. Lorincz Ferenc, UPY 2017

«Suv shahzodasi». Yannick Gouguenheim, UPY 2017

«Sening uying, mening uyim». Qing Lin, UPY 2017

«Yordam bersam maylimi?». Ellen Cuylaerts, UPY 2017

Top