Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Antiqa "Yashil ayvoncha"
Daniyaning dizayn laboratoriyasi IKEA ko‘magida barcha bepul foydalanishi mumkin bo‘lgan vertikal bog‘ chizmasini taqdim etdi.
The Growroom loyihasi Daniyaning Space10 dizayn laboratoriyasi IKEA ko‘magida tayyorlandi va bu ish "shahar qishloq xo‘jaligining mislsiz salohiyati"ni tadqiq qilish natijasiga aylandi.
Bog‘ dizayni unda joylashgan barcha o‘simliklarni optimal yoritish imkonini beradi. U oddiy fanera va vintlardan to‘plangan. Bu antiqa bog‘dan bezak qism sifatida yoki bino ichidagi o‘ziga xos "suhbatxona" o‘rnida ham foydalanish mumkin.
The Growroom original dizayn ixtirochilari qayd etishicha, bu turdagi eng birinchi pavilon omma orasida katta qiziqish uyg‘otdi va ayrimlar ulardan mazkur dizaynni sotishni so‘rashgan. Biroq ular The Growroom binosini barcha o‘z qo‘li bilan qurishi uchun loyiha ko‘rsatmalarini ochiq holda barchaga taqdim etishga qaror qilishdi.





Mavzuga oid
21:08 / 31.10.2025
Samarqandda YuNeSKO 80 yilligiga bag‘ishlab 80 ming daraxt va buta ekiladi
23:29 / 15.09.2025
Prezident rezavor bog‘lar tajribasini kengaytirish zarurligini ta’kidladi
11:57 / 15.07.2025
“Mehnatlarim havoga uchyapti” - To‘raqo‘rg‘onda bog‘ yaratgan tadbirkorning yeri olib qo‘yilyapti
22:30 / 30.05.2025