Jamiyat | 14:32 / 20.02.2017
11538
9 daqiqa o‘qiladi

Nima uchun «Formula-1» poygachilari fazogirlardan ham zo‘rroq

Uchuvchilar tayyorlash tizimining maqsadi yanada kuchliroq bo‘lish yoki mushaklarni ko‘z-ko‘z qilish emas, balki ularni ortiqcha yuklamalarni uchishga xalaqit bermagan holda bemalol o‘ziga qabul qilib olishiga moslashtirib borishdadir.

O‘ta yuqori bosim va yuklamalarga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak?

So‘nggi vaqtlarda «Formula-1» tanqidchilari natijalarga haydovchilarning aloqasi yo‘q bo‘lib borayotgani haqida fikr bildirishmoqda: bolidlar zamonaviy va texnologik jihatdan kuchayib ketdiki shu darajada kuchayib ketdiki, endilikda poygalar kompyuter o‘yinlariga o‘xshab qoldi. Hech qanday qiyin va xavfli narsa yo‘q – hattoki eng dahshatli falokatdan ham hech qanday jarohatlarsiz chiqish mumkin. Sal bo‘lsa ham iste'dodi bor bo‘lgan inson unga o‘tirib, texnik qarorlar yordamida kerakli darajada harakatlanishi mumkin.

Chempion yuragi

«Formula-1» - yurak nuqtai nazaridan sportning eng katta talab qo‘yilgan turi. Poygachining yurak urishi bir yarim soatli poyga vaqtida daqiqasiga 196 zarbaga, o‘ta muhim vaziyatlarda esa 207 yurak urishiga yetadi. Sport klinikalarining tasdiqlashicha, boshqa hech bir sport turida bunday yuqori yurak urishi qayd etilmaydi.

Biroq bu hali hammasi emas. Poyganing har bir soniyasini inson uchun deyarli maksimal bo‘lgan yurak urishida o‘tkazishning o‘zi kamlik qiladi. Haydovchi yuragi ish jarayonida jiddiy o‘zgarishlarga duch keladi. Uzun to‘g‘ri yo‘ldan so‘ng to‘xtash nuqtasiga kelganda yurak urishi 160-170ga yetadi. To‘xtash jarayonining o‘zida esa puls biroz o‘sadi – bu bir soniya davomida 50-60 zarba ko‘rsatkichiga qadar tushib ketish uchun ro‘y beradi. Haydovchilar bunday holatda odatda tezlikni oshirishadi.

Shu bilan bir qatorda, kokpitdagi o‘rtada harorat Tselsiy bo‘yicha 50 darajani tashkil etishini yodda tutish kerak.

Har qanday kishi ham bunday o‘zgarishlarga bardosh bera olmaydi. Bo‘lajak haydovchilarning yuragi bosim va yuklamalarni qabul qilishga jiddiy tekshiruvdan o‘tkaziladi. Biroq bu – ma'lum bir mushaklar massasidan oshib ketmaslik uchun sabablardan ham biridir. Belgilangan darajaga vazn va imkoniyatlar tufayligina erishib bo‘lmaydi. Shunchaki har bir ortiqcha mushaklar kilogrami yurakdan qon bilan ta'minlashni talab etadi, bu esa uni oshib borayotgan bosimda xavf ostiga qo‘yadi.

Shu sababdan Seb Fettel haftasiga 35 soat mashq olib borishini eshitganingizda (futbolchilar eng faol mavsumoldi yig‘inda 30 soatdan shug‘ullanishadi) – u bu vaqtning har bir daqiqasini trenajyor zalida o‘tkazayotgani haqidagi fikrga bormasligingiz lozim. Asosan bu uzun va ko‘p kuch talab etuvchi mashqlar bo‘lib, ular aynan yurak-qon tomir tizimini mustahkamlashga qaratilgan. Bunda sportning barcha o‘yin turlari – futbol, tennis, velokross, triatlon, suzish – barchasidan foydalaniladi.

Maqsad nafaqat o‘ta yuqori bosimni va yuklamani ko‘tarish imkoniyati, balki tezlikda tiklanish hamdir. Masalan, 15 kilometrli velokrossdan ikki daqiqa o‘tib yurak urishi 80-85 zarbdan oshmasligi kerak. «Ferrari» murabbiylari o‘z pilotlarini basseyndan to‘piqlarda ikki kilogrammli yuk bilan suzib o‘tishni tajriba sifatida qo‘llashgani haqida mish-mishlar yuradi. 

Chempion mushaklari

«Formula-1» piloti trenajyor zalida har kuni ikki soat vaqtini o‘tkazsa ham, undan turli bodibilding mashqlarini kutish kerak emas. Tayyorgarlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad yanada kuchliroq bo‘lish yoki mushaklarni ko‘z-ko‘z qilish emas. Shunchaki mushaklar mashinani boshqarishga xalaqit bermagan holda bosimni yaxshi qabul qilishi lozim.

Eng katta yuklamalar bo‘yin va yelka sohasiga to‘g‘ri keladi. Odatda katta tezlikda burilishlarda pilotlarga boshning shlem bilan birgalikdagi og‘irligi (25 kilogramm) miqdorida yuklama tushadi. «Suzuki» va «Interlagos» alohida sohalari eng qiyin sanaladi – bunda og‘irlik 35 kilogrammga tengdir. Bunday hajmdagi og‘irlikni ko‘tarish uchun juda kuchli bo‘yin kerak bo‘ladi.

Boliddagi bo‘yinga tushuvchi bosimga o‘xshash bo‘lgan trenajyorlardan tashqari, tananing bu qismini rivojlantirishga yordam beruvchi bir qator boshqa mashqlar ham bor. Pilot shlem kiyib, yonboshi bilan karavotga yotadi. Bosh kiyimiga maxsus ilmoqlar bilan besh kilogrammli yuklar ulanadi. Vazifa boshni gorizontal holatda ko‘proq vaqt ushlab turishdan iboratdir. Poygachi 10 daqiqa mobaynida bunga chidab tursa, tayyorlangan deb hisoblanadi.

Shundan so‘ng navbat qo‘llarga keladi. Pilotlar uchun panjalarni siqish kuchi 60 kilogrammdan boshlanadi. Poygachilar rul g‘ildiragiga o‘xshash bo‘lgan maxsus trenajyordan foydalanishadi – unga shuningdek yukli shtanga ham ulangan. Rul buralsa, yuk ko‘tariladi hamda burilishdagi yuklama modellashtiriladi. Yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lgan sportchi kamida besh kilogrammli yuk bilan olti daqiqa vaqtga bardosh berishi kerak.

Keyin esa qorin, yelka, ko‘krak mushaklariga navbat keladi. Bu jarayon ham juda muhim. Tananing bu qismlari organizm bo‘ylab yuklamalarning barqaror ravishda taqsimlanishini ta'minlaydi. Buning uchun murabbiylar tomonidan maxsus mashqlar ishlab chiqilgan. 

Umumiy jismoniy holatga ham katta e'tibor beriladi. Sababi falokat ro‘y bersa, nafaqat yaxshi mashq qilingan bo‘yin, balki butun tana katta bosimga uchraydi. Masalan, Fernando Alonso Avstraliyadagi falokatda 46 kg.lik yuklamaga duch keldi, biroq ajoyib jismoniy holati tufayli deyarli zarar ko‘rmadi (qovurg‘alari biroz jarohatlangan, xolos).

Chempion ruhiyati

Bu yerda turli qiziqarli jihatlar ko‘zga tashlanadi. Ayrton Senna pilot nafas olishda gazga bosishi, chiqarganda esa to‘xtashi kerakligini aytgan. Biroq zamonaviy shifokorlarning fikricha, burilish paytida nafasni ushlab turish bunday katta yurak urishida juda katta xavfga olib keladi. Shunga qaramay, poygachilarni to‘g‘ri nafas olishga ham o‘rgatishadi.

Shuningdek diqqatni bir joyga jamlash va reaksiya ham tayyorgarlikning muhim jihatlarida biridir. «Tibbiyot formulasi» klinikasi tadqiqotlariga ko‘ra, maksimal reaksiya poygadagi eng kichik vaziyatlarda kerak bo‘ladi, diqqatni bir joyga jamlash esa kerakli holatda to‘g‘ri qaror qabul qilishga turtki beradi.

Diqqatni bir joyga jamlashga yordam beruvchi bir qancha trenajyorlar bor. Masalan turli ranglarda yozilgan so‘zlarga ega bo‘lgan displey. Agarda rang unga ta'rif bergan so‘z bilan mos tushsa – “haqiqat” tugmasini, to‘g‘ri kelmasa esa – “yolg‘on” klavishasini bosish talab etiladi. Oddiy tuyuladi, to‘g‘rimi? Ammo javob berishga atigi bir soniya beriladi hamda kerakli tugmalar doimiy ravishda o‘z o‘rnini almashtirib turadi. Ushbu testni birinchi ishtirok etishidayoq yuz foizga bajargan faqatgina bir poygachi bor - Mark Jyene. 

Bir yarim soat katta jismoniy yuklama va bosimda bo‘lish nafaqat tanaga murakkablik tug‘diradi – ong ham doimiy bosimdan charchaydi. Aynan shuning uchun uni bir maromda ushlab turish muhim. «Tibbiyot formulasi»ning ma'lum qilishicha, maksimal ravishda diqqatni jamlagan poygachi saralash rejimidagi har bir aylanada ortiqcha jismoniy harakatlarsiz 0,2-0,3 soniyaga yutishi mumkin.

Reaksiyaning o‘rni juda ham katta bo‘lmasa-da, poygachilar bu bilan shug‘ullanishda davom etmoqda. Jyenson Batton kabilar tennis to‘plarini devorga shunchaki otishsa, boshqalar aqlli konstruksiya va pilotdan ketma-ketlikda bosish talab etiladigan chiroqchalardan iborat Batak trenajyoridan foydalanadi. 

Albatta yuqoridagi mashqlarning barchasi poygachilarning hattoki fazogirlardan ham ko‘ra bosimlarga ko‘proq bardosh bera olishiga sabab bo‘lishi shubhasiz.

Mavzuga oid