21:07 / 22.02.2017
25767

Harakatlar strategiyasini amalga oshirish uchun qancha mablag‘ ajratilgani oshkor etildi

22 fevral kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan qator vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi"ni "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi"ning bajarilishi ustidan keng jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda OAVning roli" mavzusida respublika anjumani bo‘lib o‘tdi. 

Unda Harakatlar strategiyasining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha davlat organlari vakillari, OAV xodimlari so‘z yuritishdi. 

5 yo‘nalish: Xavfsizlik, millataro totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta'minlash. Mazkur yo‘nalishda  chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish vazifalariga alohida e'tibor berilgan. Unda quyidagi vazifalar amalga oshirilishi maqsad qilingan:  
- mamlakatimizning konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish;

- kiberxavfsizlik sohasida axborot, normativ-huquqiy asoslar tizimini takomillashtirish;

- aholini favqulodda vaziyatlardan xabardor etish tizimini tashkillashtirish va rivojlantirish;

- Orol fojiasining oqibatlarini yumshatish;

- millatlararo munosabatlar sohasidagi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari konsepsiyasini va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish.

Harakatlar strategiyasi dastur doirasida belgilangan barcha chora-tadbirlarni amalga oshirishga 37,7 trln. so‘m va 8,3 mlrd. AQSh dollari ajratilgan.

Top