09:56 / 23.02.2017
10006

YeChL. Nimchorak final bosqichi ishtirokchilari rekord o‘rnatishdi

UYeFA Chempionlar ligasining 1/8 finali birinchi davrasi poyoniga yetdi. Jamoalar jami 34ta gol kiritib, 1/8 finali birinchi o‘yinlarining rekordini qo‘yishdi. 26ta gol urilgan avvalgi rekord 2013/14 yilgi mavsumda qayd etilgan edi. Bu, shuningdek, Chempionlar ligasi 1/8 finali javob o‘yinlarining natijasini takrorlashdir. 2011/12 yilgi mavsum 1/8 finali javob o‘yinlarida shuncha gol kiritilgan edi.

2016/17 yilgi ChL 1/8 finali birinchi o‘yinlari:

«Portu» — «Yuventus» — 0:2
«Sevilya» — «Lester Siti» — 2:1
«Bayyer» — «Atletiko» — 2:4
«Manchester Siti» — «Monako» — 5:3
«Bavariya» — «Arsenal» — 5:1
«Real» — «Napoli» — 3:1
«PSJ» — «Barselona» — 4:0
«Benfika» — «Borussiya» — 1:0

Mavzuga oid
Top