Pokiston poytaxti Islomobodda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT)ning 13-sammitiga start berildi. Bu haqida "Anadolu" nashrida xabar berildi.
Sammit boshlanishidan avval tashkilotga a'zo mamlakatlar yetakchilari esdalik uchun suratga tushishdi.
Sammitning ochilishida Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev so‘zga chiqdi.
Shuningdek Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif ham ishtirokchilarga yuzlandi.
Sammitga raislik qilish vakolati Ozarboyjondan Pokistonga o‘tdi.