18:00 / 13.03.2017
10135

Qarshi shahri kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionlarini aniqlaydi

O‘zbekistonning kuragi yerga tegmas polvonlari ayni damda Qashqadaryoda jam bo‘lishmoqda. Boisi, 13-16 mart kunlari Qarshi shahrida Kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Kurash Federatsiyasi matbuot xizmati
 
Unda mamlakatning barcha viloyatlaridan kelgan kurashchilar 15 vazn toifasida ishtirok etishadi.

- Mazkur chempionat taqvim rejamizdan o‘rin olgan eng nufuzli musobaqalarimizdan biri hisoblanadi, - deydi Federatsiya Bosh kotibi Shahobiddin Babanov. – Shu boisdan musobaqada 500 nafarga yaqin yigit-qizlarimiz qatnashish istagini bildirishgan. Sovrinli o‘rinlardan joy olgan polvonlar terma jamoaga jalb etiladi. Yil davomida esa terma jamoamizni Turkmanistonda bo‘lib o‘tadigan Yopiq inshootlar va yakkakurashlar bo‘yicha Osiyo o‘yinlari, Turkiyada Jahon chempionatlari kutib turibdi. 

Bahslar 14 mart kuni Qarshi Olimpiya zahiralari kolleji Sport majmuasida start oladi.

 

Top