Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tataristonda turna ko‘lni chiqindilardan tozalamoqda
Tatariston poytaxti Qozon aholisi muzdan erigan Kaban ko‘lini turna chiqindilardan tozalayotgani videosini tasvirga olishdi. Bu rolikka Kazanfirst nashri e'tibor qaratdi.
Jurnalistlarning ta'kidlashlaricha, 2015 yilda Qozon meriyasi ko‘lda bir nechta turnalarni joylashtirishga qaror qilgan. Ko‘lda turnalar paydo bo‘lgach mahalliy OAV bu qushlar, ular qanday qilib polaponlarini kutganlari, ular uchun isitgichlar o‘rnatilgani haqida muntazam ravishda maqolalar yoza boshladi.
Rolikka berilgan izohlarda turna odamlardan ko‘ra ozodaroq ekanligi aytilgan. Foydalanuvchilardan biri esa bu urg‘ochi turna bo‘lib, in qurish uchun joy tozalamoqda, deb vaziyatga tushuntirish bergan.
Mavzuga oid
19:28 / 22.12.2025
Toshkent va Qozon o‘rtasida poyezdlar harakati tiklandi
13:53 / 14.11.2025
Toshkentdan Qozonga muntazam yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
11:07 / 04.11.2025
Uzbekistan Airways reyslari Ufa o‘rniga Qozonga yo‘naltirildi
18:28 / 25.09.2025