20:15 / 20.03.2017
6771

Trampning o‘g‘li oilasi Rossiya hududida loyihalarga ega emasligini aytdi

AQSh prezidenti Donald Trampning o‘g‘li Erik Tramp ma'lum qildiki, Trump Organization kompaniyasi Rossiya hududida loyihalarni yo‘lga qo‘ymagan.

"Rossiyada hech qanday loyihalarimiz mavjud emas. Agar bizning Rossiyada loyihalarimiz bo‘lganida, bunday loyihalarda nomimiz bo‘lardi", degan Trampning o‘g‘li Fox News efirida. U kompaniya o‘z nomini turli loyihalarga qo‘yishga odatlanganini qayd etib o‘tgan va Trump Tower misol tariqasida keltirilgan.

Yanvar oyida Donald Tramp oilaviy biznesni boshqarishni o‘g‘illari kichik Donald va Erikka topshirganini ma'lum qilgandi. Ular kompaniya vitse-prezidentlari hisoblanishadi.

O‘tgan yilning noyabrida Slate nashri Trump Organization va Alfa-bank (Rossiya) serverlari o‘rtasidagi aloqalar borligi haqida xabar bergandi. O‘shanda Trampning shtabi bu ma'lumotni inkor qildi.

Shu yilning martida Federal qidiruv byurosi Trump Organization va Alfa-bank serverlari o‘rtasidagi aloqalarni o‘rganishni qaytadan boshladi. FQB ma'lumotlariga ko‘ra, Alfa-bankning ikki serveri orqali Trump Organization serverlariga 2,7 mingdan ortiq xabar jo‘natilgan. Oldinroq bunga spam yoki elektron pochta orqali yuborilgan marketing sifatida qaralgandi.

Mavzuga oid
Top