Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fotoreportaj. «London xaos ichida»
22 mart kunining ikkinchi yarmida Reuters Britaniya parlamenti binosi oldida otishma sodir bo‘lgani haqida xabar berdi.
Ko‘p o‘tmasdan parlament binosiga olib boruvchi yo‘lda mashina odamlarni bosib o‘tgani xabar qilindi.
Keyinroq parlament oldida navbatchilik qilayotgan politsiyachilarga pichoq bilan hujum qilingan, politsiya hujum qilgan shaxsga qarata o‘t ochgan.
Bu hodisalar Bryusseldagi qonli voqealarga bir yil to‘lgan kunda ro‘y berdi.
London politsiyasi bu hodisalarni terakt deb atadi.
Hozircha qurbonlar va jabrlanuvchilar haqida rasmiy ma'lumotlar berilmadi.
Ayni vaqtda mamlakat bosh vaziri parlament binosidan xavfsiz joyga ko‘chirilgan. Deputatlar bino ichida qolmoqda.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra hududga sapyorlar chaqirildi.
















Mavzuga oid
09:47 / 12.03.2026
Norvegiyada AQSh dipmissiyasi yonidagi teraktda gumon qilinganlar qo‘lga olindi
09:20 / 28.02.2026
Londonda uchrashuv: O‘zbekiston va BP neft-gaz imkoniyatlarini o‘rganadi
09:50 / 27.02.2026
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Londonda shahzoda Edvard bilan uchrashdi
16:41 / 26.02.2026