Jahon | 22:05 / 22.03.2017
13257
1 daqiqa o‘qiladi

Londondagi terakt qurbonlari soni ortdi

Londonda sodir etilgan hujumlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 2 nafarga yetgani tasdiqlandi. Bu haqda Sky News telekanali shifoxonadagi manbaga asoslangan holda xabar tarqatdi.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, jarohatlangan holda olib kelinganlarning ayrimlari «halokatli» darajada jarohatlar olgan.

22 mart kuni Londonning Vestminster ko‘prigidagi piyodalarni mashina bilan urib o‘tdi, shundan keyin parlament binosi oldidagi to‘siqqa borib urildi. So‘ng politsiyachilarga hujum qilib, ular tomonidan otib o‘ldirildi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid