Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Novosibirskda o‘zbek gazlama va gilamlari sotilishi mumkin
Rossiyaning Novosibirsk viloyati gubernatori O‘zbekistonning Andijon viloyati hokimiga do‘stlik haqida shartnoma tuzishni taklif qildi. Bu haqda “Novosibirskiye novosti” xabar berdi.
O‘zbekistonlik tadbirkor va siyosatchilarning katta delegatsiyasi ayni damda Sibir poytaxtida bo‘lib turibdi.
«Rossiya Federatsiyasi O‘zbekiston Respublikasining muhim sherigi hisoblanadi, u bilan munosabatlar strategik xarakterga ega va barcha yo‘nalishlarda izchil rivojlanmoqda. Andijon viloyati delegatsiyasi tashrifi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Rossiyaga joriy yilning aprel oyidagi tashrifidan avval amalga oshirildi», - deya ta'kidlab o‘tdi Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov.
O‘zbekistonlik tadbirkorlar Novosibirskda savdo uyi ochishni taklif qilishdi. U yerda nafaqat O‘zbekistonning mashhur meva hamda sabzavotlari sotiladi. Hududga shuningdek gazlama, yigirilgan ip va gilamlar ham yetkazib berilishi mumkin.
Novosibirsk meri g‘oyani qo‘llab-quvvatladi, sababi shaharda sotuvchi hamda xaridorlar uchun qulay bo‘lgan zamonaviy bozorlar tashkil etilmoqda.
Muloqot yozda davom ettiriladi. O‘zbekiston delegatsiyasi "Shahar kuni" bayram tadbirlariga taklif etildi.
Mavzuga oid
23:01 / 24.12.2025
OChL-2. «Andijon» biror marta g‘alaba qozonmadi va guruhda qolib ketdi
12:21 / 22.12.2025
Andijonda bozor rastasi quladi (video)
22:08 / 13.12.2025
Andijon va Samarqandda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
08:25 / 11.12.2025