22:35 / 25.03.2017
7522

Internetda Jorjiya shtatidagi uyga samolyot qulagan joydan video paydo bo‘ldi

Avvalroq AQShning Jorjiya shtatida joylashgan Kobb okrugidagi uy ustiga Cessna Citation yengil motorli xususiy samolyoti qulagani ma'lum qilingandi.

"Men osmonga qarab, samolyotni ko‘rdim. Men hech qanday tovushlarni eshitmadim, faqatgina u o‘z o‘qi atrofida aylanayotganini ko‘rdim. So‘ngra u qulay boshladi va biz portlash bo‘ladi deb quloqlarimizni yopib oldik", deb aytgan voqea guvohi jurnalistlarga.

Ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot Fulton Kaunti aeroportiga uchayotgan bo‘lgan. Falokat sabablari aniqlashtirilmoqda. Samolyot urilgan uydagi odamlarga hech narsa qilmagan. Samolyot uchuvchisi halok bo‘lgan.     

Top