Prezident Toshkentning Yunusobod tumanidagi Uvaysiy mahallasida bo‘ldi

Foto: O‘zA
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Yunusobod tumanidagi Uvaysiy nomidagi mahallada bo‘lib, bu yerda fuqarolar yig‘ini xodimlari, profilaktika inspektori va aholi uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan tanishdi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Mahalla hududida asosan ko‘p qavatli uylar joylashgan. Ushbu turar joylarda yashaydigan 5 ming 400dan ortiq aholi orasida turli millat vakillari bor. Yangi mahalla markazi odamlarni o‘zaro yaqinlashtirishga, xalqimizga xos do‘stlik, hamjihatlik, mehr-oqibat fazilatlarini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Markazda mahalla raisi, kotib va maslahatchilar, profilaktika inspektori uchun alohida xonalar qurilgan, ular zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalari, mebellar, tegishli adabiyotlar bilan ta'minlangan. Profilaktika inspektori xonasi mahalla hududidagi jamoat obektlariga o‘rnatilgan videokuzatuv uskunalari orqali hududni nazorat qilib turish imkoniyatini beruvchi monitor bilan jihozlangan.
Davlat rahbari profilaktika inspektori mahalladagi har bir xonadon bilan yaqin muloqot o‘rnatishi, ko‘chalar va jamoat joylarini qat'iy nazoratga olishi zarurligini ta'kidladi.
Profilaktika inspektorlarini xizmat uylari, imtiyozli kreditlar hisobiga mashinalar bilan ta'minlash, ularning yashashi va samarali ishlashi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Markazda barpo etilgan turli kitoblar, kompyuterlar va internet, minglab elektron adabiyotlar bazasiga ega kutubxona aholining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng yoyishda ayni muddao bo‘lmoqda. Ko‘rkam choyxona, novvoyxona, "Go‘zallik salonlari", do‘konlar, sport va bolalar maydonchalari odamlarning zarur ehtiyojlarini qondirish bilan birga, hududdagi ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlashga xizmat qilmoqda.
Mahalla ahli bir oila kabi ishonchli, mustahkam rishtalar bilan o‘zaro uzviy bog‘lanishi kerak, dedi Prezidentimiz. Buning uchun mahalla faollari, profilaktika inspektori har bir oila ahvolidan, quvonchu tashvishidan doimo xabardor bo‘lishi, o‘zaro ahillik va hamjihatlik targ‘ibotchisiga aylanishi lozim. Shundagina odamlar mahallaga kelib o‘z fikrini, taklifini, dardini bemalol aytadi, muammosiga yechim topadi.
Poytaxtimiz, qolaversa, mamlakatimizning barcha hududlarida mana shunday mahalla markazlari bunyod etish, aholi bilan doimiy muloqot o‘rnatish, profilaktika inspektorlariga jinoyatchilik va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, fuqarolar osoyishtaligi va xavfsizligini ta'minlash, voyaga yetmaganlar bilan samarali ishlashi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Italiya bosh vaziri Jorjia Meloni Markaziy Osiyoga tashrifini kechiktirdi
Jahon | 10:44
-
Mask Tesla savdolari pasaygani tufayli DOGE'dagi faoliyatini qisqartiradi
Jahon | 10:32
-
6 oy davomida auksionda ijaraga berilmagan obektlarning boshlang‘ich narxi 50 foiz pasaytiriladi
O‘zbekiston | 10:20
-
Barcha davrlarning eng ko‘p maosh olgan sportchilari ro‘yxati tuzildi
Sport | 09:54
Mavzuga oid

11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti

21:36 / 01.05.2024
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi

09:04 / 30.04.2024
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar milliy jamoasini tabrikladi

19:48 / 29.04.2024