17:01 / 27.03.2017
4828

Tesla quyoshli tomga apreldan buyurtmalar qabul qila boshlaydi

O‘tgan yilning kuzida Ilon Mask Tesla kompaniyasi tomga mo‘ljallangan quyoshli panellarni sotishni boshlashi haqida xabar bergandi. Ular an'anaviy tom qoplamalarini butunlay almashtiradi hamda uyni elektr bilan ta'minlashi lozim. 

Maykl Xols ismli foydalanuvchi tvitterda Maskdan bu yangilik bo‘yicha ish qanday ketayotgani bilan qiziqdi.

“Aprelda buyurtmalar qabul qila boshlaymiz”, - deya javob qaytardi Ilon Mask.

Biroq Tesla rahbari hech qanday tafsilotlarni keltirmagan. Bunday tomning bir kvadrat metri qancha turishi hamda uni mijozlarga qachon yetkazib berishlari hozircha noma'lum. Biroq Maskning so‘zlariga ko‘ra, quyoshli batareyalarga ega bo‘lgan tom oddiy qoplama kabi baholanadi.

Tom uchun panellar mozaika emas, balki o‘ziga xos to‘laqonli konstruksiyadan iborat. Boshlanishida to‘rt xildagi qoplama taqdim etiladi: shisha, shifer, cherepitsa va shishali plitka. Tesla ishlanmasi orqali uyni elektr bilan «cherepitsali» panellar va energiya yig‘uvchi yordamida ta'minlash mumkin bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top