18:21 / 31.03.2017
8773

OUKITEL K6000 Plus bozorni zabt etishga tayyorlanmoqda

Ta'kidlash joizki, navbatdagi oddiyroq smartfon haqida gap ketganda, bu qadar shov-shuv qilishga arzimas edi. Biroq, OUKITEL K6000 Plus smartfonini oddiy smartfonlar qatoriga kiritish noto‘g‘ri bo‘ladi. U qurilmalarni quvvatlash va energiyani saqlash borasida yangicha talablarni joriy etmoqda. 

Birinchidan, OUKITEL K6000 Plus akkumulyator sig‘imi 6080 mA/soatga teng. Bu degani, siz qanchalik istamang, uni bir kunda ishlatib bo‘lmaysiz. Ikkinchidan, smartfon ikki amperli, 12 voltli quvvatlash qurilmasi bilan jihozlangan bo‘lib, uni bir soat 40 daqiqa ichida 100 foiz quvvatlash mumkin.
 
Telefonning boshqa xususiyatlari borasida, ishonch bilan OUKITEL K6000 Plus qurilmasini xarid qilgan mijoz afsuslanmaydi, deyish mumkin. Bu 8 yadro, 1,5 GGtsli MT6750T protsessori bo‘lib, 4 Gb operativ hamda 64 Gb ichki xotiraga ega. U 2Tb ichki xotira kartasini qo‘llab-quvvatlaydi. Asosiy kamerasi 16 megapiksel, old kamerasi 8 megapikselni tashkil etadi. 

Smartfonga OUKITEL K6000 Plus saytida 5 apreldan buyurtma bersa bo‘ladi. Ilk xaridorlar, atigi 179,99 dollarga telefon egasi bo‘lishlari mumkin, keyinchalik, telefon 209,99 dollardan sotiladi.

Mavzuga oid
Top