14:46 / 01.04.2017
39571

"Bambarbiya! Kirgudu!": "Kavkaz asirasi" suratga olinganiga 50 yil to‘ldi

Yarim asr muqaddam, 1967 yilning 1 aprelida Leonid Gaydayning "Kavkaz asirasi yoki Shurikning yangi sarguzashtlari" komediyasi premerasi bo‘lib o‘tgan edi. 3 aprel kuni film keng prokatga chiqariladi va yillar osha barcha zamonlarning eng yaxshi kinokomediyalari ichida o‘zining muqim o‘rniga bo‘ladi.

Kinokartinaning muvaffaqiyati esankiratadigan darajada edi, undagi dialoglar mashhur iqtiboslarga aylanib ketib bo‘lgan. Garchi ishlanganiga yarim asr bo‘lganiga qaramasdan, yosh etnografning tog‘li hududlardan birida ko‘rgan kechirganlari hanuzgacha millionlab muxlislarni maftun etib kelmoqda. TASS jurnalistlari "Mosfilm" konserni arxivi xodimlari bilan birgalikda film haqida bir necha qiziqarli faktlarni to‘plab chiqishdi.

O‘ta yengil komediya

Premera yilida kartina darhol prokat yetakchisiga aylangan: uni 76 million muxlis tomosha qilgan, biroq kinofilm tokchada chang bosib yotishi ham mumkin edi. Senzuraga yengil hazillar va qo‘shiqlar yoqmagan.

Lekin shu yerida tasodif janobiy oliylari aralashib qoladi. Sovet ittifoqi davrida yangi chiqqan kinolarni madaniy hordiq chiqarishlarini ta’minlash uchun mamlakat rahbariyatiga jo‘natish odat tusiga kirgan edi. Shu yo‘l bilan komediyani Leonid Brejnev tomosha qiladi va kino unga yoqadi. U filmni maqtaydi va kinokartina taqdirini o‘zgartirib yuboradi.

Film prokati uchun ruxsat guvohnomasi kinematografiya davlat qo‘mitasi tomonidan 1967 yilning 14 yanvarida beriladi. Mana, yillar o‘tib ko‘rinib turibdiki, bosh kotib adashmagan ekan: "Kavkaz asirasi" pul yig‘ish bo‘yicha sobiq ittifoq kinolari tarixida to‘rtinchi o‘rinni egallagan.

Davomi ham bo‘lishi mumkin edi

1965 yilning iyun oyida "Mosfilm"ga topshirilgan talabnomaga ko‘ra yangi film ssenariysi "Shurik tog‘da" deb nomlangan va ikki novelladan iborat bo‘lgan: birinchisi ("Kavkaz asirasi") Kavkazga, qarindoshlarinikiga mehmonga kelgan va mahalliy amaldor tomonidan o‘g‘irlangan talaba qiz Nina haqida hikoya qilishi lozim bo‘lgan.

Ikkinchi qismi  — "Qor odam va boshqalar" — taniqli professor (bosh rolda Mixail Pugovkin) rahbarligida qor odamni axtarib topish uchun uyushtirilgan ilmiy ekspeditsiya haqida hikoya qilishi kerak edi. Olimlar qor odamning izlariga duch kelishadi, lekin uni taniqli uchlik: Qo‘rqoq, Valakisalang va Tullak qoldirgan bo‘ladi. Oxir-oqibat ssenariy uchun faqat birinchi hikoya tanlab olinadi.

Talaba, komsomol… va sirk artisti!

S’yomka uchun “talaba, komsomol, sportchi va shunchaki go‘zal qiz”ni topish oson ish emasligi oydinlashadi. Ushbu rolga Larisa Golubkina, Natalya Kustinskaya, Natalya Seleznyova, Marianna Vertinskaya va boshqa aktrisalar sinab ko‘riladi.

Biroq Gayday o‘sha paytda hech kim tanimaydigan, shu kungacha faqat bir film ("Kamalak formulasi")da suratga tushgan 19 yoshli sirk artisti Natalya Varleyni tanlab oladi va adashmaydi!

Nadejda + Lyudmila = Nina

Darvoqe, Natalya Varleyning ovozini muxlislar eshitishmagan. Nina roliga filmda Nadejda Rumyanseva ("Benzoklonka malikasi"dagi Lyudmila-Xayrlikech) ovoz beradi, ayiqlar haqidagi qo‘shiqni esa Aida Vedishcheva ijro etgan. Xuddi shu xonanda Leonid Gaydayning "Brilliant qo‘l" filmidagi "Ehtiroslar vulqoni" qo‘shig‘ini ham kuylagan.

Tullak va uning jamoasi

"Kavkaz asirasi" mashhur uchlik — Qo‘rqoq, Valakisalang va Tullak paydo bo‘lgan so‘nggi film bo‘ladi. Trio Georgiy Vitsin, Yuriy Nikulin va Yevgeniy Morgunov o‘rtasidagi kelishmovchilik tufayli tarqalgan, degan gap-so‘zlar yurardi.

Biroq, "Mosfilm" hujjatlariga ko‘ra, adabiy ssenariy yozilish jarayonidayoq ssenariy yozuvchi tahrir hay’atidan e’tirozlar kelib tusha boshlaydi: uchlik hammaning hiqildog‘iga kelayotgan edi. Xullas, gap-so‘zlari-yu, qiliqlari ekranlardan folklorlarga o‘tib ketgan bu ijodiy ittifoqning tarqalish sababi bitta emasga o‘xshaydi.

Oxoxov va Saaxovlar

Talabnoma va adabiy ssenariyda o‘rtoq Saaxov aslida Oxoxov bo‘lgan. Yangi familiyaga u rejissyorlik ssenariysida ega bo‘lgan. "Mosfilm" arxivlarida yozilishicha, ittifoq madaniyat vazirligida o‘xshash familiyali mulozim borligi uchun Oxoxov familiyasini o‘zgartirish tavsiya etilgan. Afsonalarga ko‘ra keyinchalik Saaxovning ham familiyadoshi topilgan — bu safar "Mosfilm" partiya tashkilotda, lekin uning martabasi yuqori bo‘lmagani uchun kinodagi familiya almashtirilmay qoldirilgan.

Rolga rosmana kirishish

S’yomka qatnashchilarining eslashlaricha, filmda intriga yuzaga keltirgan Lyusya laqabli eshak haqiqatdan ham qaysar chiqib qoladi. Unga "to‘xta" deyilsa yurib ketar, yurishi kerak bo‘lganda surib-itarib ham yurgizib bo‘lmasdi. Lekin Natalya Varleyni yoqtirib qolgani ham fakt. Darvoqe, bu Lyusyaning yagona roli emas ekan. Aytishlaricha, oradan 40 yil o‘tib u Fyodor Bondarchukning "9-rota" filmida ham suratga tushadi, biroq bu faktni filmni suratga olgan Art Pictures kinokompaniyasida tasdiqlab bera olishmadi. Ehtimol, bu shunchaki afsona ham bo‘lishi mumkin.

Top