20:01 / 03.04.2017
7445

Yangilangan Peugeot 308’ning suratlari paydo bo‘ldi

Peugeot avtomobillari egalarining fransuz forumida yangilangan Peugeot 308 modelining ilk suratlari paydo bo‘ldi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, mashina bozorda joriy iyun oyida paydo bo‘ladi. 

Suratlarga ko‘ra, modelning dizayni uncha o‘zgarmaydi. Yangi dizaynda ko‘zga tashlanadigan asosiy element yangi radiator panjarasi bo‘lib, kapotda o‘rnatiladigan model ramzi unga ko‘chiriladi. Shuningdek, old bamper o‘zgacha ko‘rinish oladi: unda o‘zgacha yon havo to‘plagichlar va tumanga qarshi chiroqlar seksiyasi paydo bo‘ladi. Mashinaning orqa tomonida chiroqlar ko‘rinishi bir oz o‘zgaradi. 

Yangilangan Peugeot 308’da 1,5 litrli, 100 va 120 ot kuchiga ega turbodizel motor paydo bo‘ladi.  

 

Top