11:44 / 03.04.2017
15595

Eng yig‘loqi chaqaloqlar qayerda yashashi aniqlandi

Uorik universitetilik tadqiqotchilar guruhi eng yig‘loqi va eng xotirjam bolalar qayerda yashashini aniqladi. Tadqiqot natijalari The Journal of Pediatrics jurnalida chop etildi.

Tadqiqotchilar turli davlatlarda yashovchi 8700 dan ortiq chaqaloq haqidagi ma'lumotlarni tahlil qilib chiqishdi. 

Ma'lum bo‘lishicha, eng yig‘loqi chaqaloqlar Buyuk Britaniya, Italiya, Kanada va Niderlandiyada, eng tinch bolalar esa - Daniya, Germaniya va Yaponiyada istiqomat qilar ekan. Yig‘i vaqti bolalarning sanchib og‘rishidan aziyat chekishi vaqtiga bog‘liq bo‘lgan. Masalan, Buyuk Britaniyada bundan 1-2 haftalik yoshdagi 28 foiz chaqaloq aziyat chekkan bo‘lsa, Kanadada – 3-4 haftalik chaqaloqlarning 34,1 foizi. Eng pastki ko‘rsatkichlar Daniya va Germaniyada qayd etildi (mos ravishda 3-4 haftalikda 5,5 foiz hamda 3-4 haftalikda 6,7 foiz).

Tadqiqotchilar bunday farqqa nima sabab bo‘lganini aniqlay olishmadi. Ular ota-onalarning chaqaloq haqida qayg‘urishi va genetik omillarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Olimlarning fikricha, navbatdagi tadqiqotlar dunyoning ba'zi davlatlaridagi bolalar nima sababdan sanchib og‘rish holatlaridan kamroq aziyat chekishiga oydinlik kiritishi mumkin. 

Top