00:04 / 07.04.2017
7984

AQShda ayol eng baland ko‘priklardan biridan tushib ketib omon qoldi

AQShda ayol selfi qilish vaqtida Shimoliy Kaliforniyadagi ko‘priklardan biridan tushib ketib omon qoldi. Bu haqda The New York Post nashri yozmoqda.

Ayol Sakramento shahri yaqinidagi, AQShdagi eng baland ko‘priklardan biri bo‘lgan Forestxill ko‘prigidan, 80 metr balandlikdan tushib ketgan.

Qiz, ko‘rinishicha, selfi qilish vaqtida ko‘prik chetidagi yo‘lakchadan ketayotganda qoqilib ketib ko‘prikdan tushib ketgan. Qiz shifoxonaga yetkazilgan.  

"Bu qiz baxtli tasodif omon qolgan, buning oqibatlari uning o‘zi, yaqinlari va oilasi uchun ayanchliroq bo‘lishi mumkin edi", deb aytdi mahalliy politsiya vakili.

Top