21:23 / 07.04.2017
10361

Golden Boy-2017 sovrini uchun da'vogarlar nomi aniq bo‘ldi

Italiyaning Tuttosport nashri eng yaxshi yosh futbolchi uchun taqdim etiladigan Golden Boy-2017 sovrini uchun da'vogar futbolchilar nomini e'lon qildi.

Ro‘yxatdan «Manchester Siti» futbolchisi Gabriel Jyezus, «Monako» hujumchisi Kilian Mbappe, «Milan» darvozaboni Janluidji Donnaruma «Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford, «Borussiya» vingeri Usmon Dembele kabi taniqli futbolchilar o‘rin olishgan.

Ro‘yxatdan joy olgan futbolchilar ichida shuningdek, Manuel Lokatelli («Milan»), Lyuka Zidan («Real»), Kemeron Karter-Uikers («Tottenhem»), Matteys de Ligt, Kasper Dolberg, Jastin Klyuyvert (barchasi – «Ayaks»), Timoti Fosu-Mensa («Manchester Yunayted»), Teo Ernandes («Atletiko»/«Alaves»), Pol Lirola («Sassuolo»), Feliks Passlak, Emre Mor, Kristian Pulishich (barchasi – «Borussiya» Dortmund»), Dayot Upamekano («RB Leyptsig»), Maksim Lopes («Marsel»), Federiko Keza («Fiorentina»), Ante Chorich («Dinamo» Zagreb), Tom Devis («Everton»), Amadu Diavara («Napoli»), Kay Xavertts, Benjamin Xenrixs (ikkalasi – «Bayyer»), Ruben Nevesh («Portu»), Yuri Tilemans («Anderlext»), Benjamin Vudbyorn («Liverpul») ham o‘rin olgan.

Dunyoning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lish uchun da'vogarlarning to‘liq ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishingiz mumkin.

Top