15:30 / 08.04.2017
7129

Fazogir Georgiy Grechko vafot etdi

Mashhur fazogir Georgiy Grechko 8 aprel, shanba kuniga o‘tar kechasi vafot etdi. Bu haqda «Novosti Kosmonavtiki» portali xabar berdi.

Grechko uchta fazoviy parvozni amalga oshirgan.

Birinchisi – 1975 yilning 11 yanvaridan 9 fevraliga qadar “Soyuz-17” kemasi va “Salyut-4” orbital stansiyasi asosiy ekspeditsiyasiga bortmuhandis sifatida. Ikkinchisi, o‘z vaqti uchun rekord sanalgan bo‘lib, 1977 yildan 10 dekabridan 1978 yilning 16 mart kuniga qadar “Soyuz-26” kemasi va “Salyut-6” stansiyasiga birinchi asosiy ekspeditsiyasi bortmuhandisi sifatida amalga oshirilgan. Uchinchisi – 1985 yilning 17-25 sentabr kunlari “Soyuz-T-14” (parvoz) va “Soyuz-T-13” (qo‘nish) kemasi bortmuhandisi sifatida “Salyut-7” stansiyasiga smenalar almashinuvi davrida.

U shuningdek Sobiq ittifoqning ilk sun'iy yo‘ldoshlari va sayyoralararo stansiyalarini ishlab chiqishda ham ishtirok etgan.

Mavzuga oid
Top