Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hongkongda 10 yil davomidagi eng katta marixuana partiyasi musodara qilindi
Xitoy xalq respublikasining maxsus ma'muriy tumani – Hongkong politsiyasi so‘nggi o‘n yil davomidagi eng katta hajmdagi marixuana giyohvandlik vositasi partiyasini musodara etdi. Uning qiymati 3,86 million AQSh dollariga baholanmoqda, deb xabar berdi RTHK mahalliy radiostansiyasi.
Xabar qilinishicha, politsiya giyohvand moddani ham, uni yetishtirishga mo‘ljallangan asbob-uskunalarni ham musodara qilgan. To‘rt kishi hibsga olindi. Shuningdek politsiya qo‘lga olinganlar yonidan 10 million Hongkong dollarini topdi.
South China Morning Post gazetasi ma'lumotiga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxslarning uch nafari honkongliklar bo‘lsa, bir nafari Indoneziya fuqarosi.
Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, marixuana Hongkong hududida iste'mol qilishga mo‘ljallanib yetishtirilgan.
Mavzuga oid
12:53 / 01.12.2025
Hongkongdagi yong‘in qurbonlari 140 nafardan oshdi. Xitoy namoyishlar boshlanishidan xavotirda
17:47 / 28.11.2025
«Hongkongdagi yong‘in qurbonlari orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmadi» - TIV
08:40 / 28.11.2025
Hongkongdagi turar joy majmuasida yong‘in: kamida 94 kishi halok bo‘ldi
17:28 / 27.11.2025