Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Si Tszinpin samolyoti Pekinga qaytish chog‘ida Alyaskaga qo‘ndi
Xitoy xalq respublikasi raisi Si Tszinpinga tegishli samolyot AQShdagi uchrashuvdan keyin Pekinga qaytar ekan, Alyaska shtatida to‘xtadi. Uning davomida Xitoy rahbari shtat gubernatori Bill Uoker bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda Associated Press.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Si Tszinpin samolyoti Alyaskaning eng katta shahri – Ankorijda yoqilg‘i quydirish maqsadida qo‘ngan. Aeroportda XXR raisini gubernator va boshqa rasmiy shaxslar kutib olishdi. Shundan so‘ng Uoker va Si Tszinpin shahar hamda uning atrofini tomosha qilishgan, deb xabar beradi AP.
Ular shuningdek Ankorij mehmonxonalaridan birida ishchi uchrashuvini o‘tkazishni va kechki ovqatni birgalikda tanovvul qilishni rejalashtirgan, deya ta'kidlaydi agentlik. Shundan so‘ng Si Tszinpin aeroportga qaytadi va Xitoyga uchib ketadi.
Xitoy Alyaskaning eng yirik xorijiy savdo sheriklaridan biri sanaladi, biroq Uoker ushbu hamkorlikni yanada mustahkamlash niyatida. "Biz neft, gaz, turizm, baliqchilik, aviatsiya yuk tashuvlari va mineral resurslar sohasida juda katta salohiyatga egamiz", - deya gubernatorning so‘zlarini keltiradi agentlik.
Mavzuga oid
21:22 / 04.10.2025
Olimlar 40 ming yildan beri abadiy muzlikda bo‘lgan mikroblarni uyg‘otdi
23:43 / 16.08.2025
Tramp va Putin uchrashuvi: bu nima edi?
22:58 / 16.08.2025
Tramp to‘pni Zelenskiyga uzatdi. U yon berishga majbur bo‘ladimi?
02:00 / 16.08.2025