17:17 / 10.04.2017
7699

Kichik biznesning ayrim sub'yektlariga xodimlar sonini oshirishga ruxsat berishdi

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 184-sonli qarori bilan kichik tadbirkorlik sub'yektlariga kiruvchi tashkilotlarni toifalashtirishga o‘zgartishlar kiritildi.

Joriy yilning 1 aprelidan qator shlab chiqarish yo‘nalishlari bo‘yicha kichik biznes sub'yektlarining o‘rtacha yillik sonining cheklangan miqdori kengaytirildi:

  • - sun'iy tolalar ishlab chiqarish (20.60.0*);
  • - elektron qismlar ishlab chiqarish (26.11.0);
  • - elektron yuklash panellarin ishlab chiqarish (26.12.0);
  • - kompyuterlar va periferiya uskunalari ishlab chiqarish (26.20.0);
  • - kommunikatsiya uskunalari ishlab chiqarish (26.30.0);
  • - maishiy elektronika uskunalari ishlab chiqarish (26.40.0);
  • - elektr yoritqichlar ishlab chiqarish (27.40.0);
  • - xo‘jalik elektr uskunalari ishlab chiqarish (27.51.0);
  • - noelektr xo‘jalik uskunalari ishlab chiqarish (27.52.0);
  • - podshipniklar, shesterenkalar, tishli uzatgichlar va o‘tkazgichlarning qismlarini ishlab chiqarish (28.15.0);
  • - ko‘taruvchi-transport uskunalarini ishlab chiqarish (28.22.0);
  • - sanoat muzlatgichlari va havo aylantirish uskunalari ishlab chiqarish (28.25.0);
  • - boshqa toifalarga qo‘shilmagan har qanday turdagi umumiy foydalanishga doir mashinalar va uskunalarni ishlab chiqarish (28.29.0);
  • - qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish (28.30.0);
  • - metallurgiya uchun mashinalar va uskunalar ishlab chiqarish (28.91.0);
  • - motorli transport vositalarini ishlab chiqarish (29.10.0).

Ko‘rsatilgan muddatdan e'tiboran yuqorida qayd etilgan tasnifosti kichik korxonalarida o‘rtacha 21 nafardan 200 nafargacha xodim ishlashi mumkin bo‘ladi, avvalroq (ayrim turlar bo‘yicha bu raqam 21-50 kishini, boshqalarida 21-100 kishini tashkil etar edi).

Shu bilan birga tuzatishlar iqtisodiy faoliyatning boshqa sohalariga ham tegishli bo‘ldi. Quyida keltirilgan jadval bo‘yicha faoliyat yurituvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar ko‘rsatkichlari ham o‘zgartirildi.

Bundan tashqari, 2018 yil 1 aprelidan qator kichik qurilish korxonalari 21 nafardan 200 nafargacha xodimlarga ega bo‘lishiga ruxsat beriladi. Bular quyidagi faoliyatlarni amalga oshiruvchi sub'yektlardir:

  • - turarjoy binolarini qurish (41.20.1*);
  • - noturarjoy binolarini qurish (41.20.2);
  • - yo‘llar va shosselarni qurish (42.11.0);
  • - temir yo‘llar va metro liniyalarini qurish (42.12.0);
  • - ko‘priklar va tunnellarni qurish (42.13.0).
Top