20:19 / 12.04.2017
3269

Hongkongda avtobuslar to‘qnashuvi oqibatida 65 kishi jarohatlandi

Hongkongda avtobus va mikroavtobus o‘zaro to‘qnashishi oqibatida 65 kishi jarohatlangan. Bu haqda South China Morning Post xabar tarqatgan.

Yo‘l transport hodisasi Hongkong shimoli-sharqidagi Yuanlun tumani hududida, Kowloon Motor Bus va Citybus kompaniyalari avtobuslari ishtirokida ro‘y bergan.

"Minpao" agentligining yozishicha, voqea joyiga 22ta tez tibbiy yordam mashinasi yetib kelgan.

Ayni vaqtda hodisa ro‘y bergan trassaning bir qismi yopib qo‘yilgan. Avariya tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Top