18:47 / 17.04.2017
7265

Audi kupesifat krossoverining dizaynini namoyish qildi

Germaniyaning Audi kompaniyasi kupesifat krossoverining kontseptini namoyish qildi. E-Tron Concept Sportback deb nomlangan avtomobil kelasi hafta o‘rtalarida Shanxay avtoko‘rgazmasida namoyish qilinadi. 

Mashina yoritqichlarining ko‘rinishi va radiator qafasining dizayni ikki yil muqaddam Frankfurtda namoyish qilingan e-tron quattro prototipini yodga soladi. Ehtimol, krossover ham o‘sha mashina kabi elektr motor bilan jihozlanar. Biroq, hozircha, bu xususda ma'lumot yo‘q. 

Audi e-tron quattro kontsepti jami 435 ot kuchiga ega 3ta elektrmotor bilan jihozlangan edi. Krossover 4,6 soniyada soatiga 100 km tezlikka chiqadi, uning eng yuqori tezligi elektronika vositasida soatiga 210 km tezlik bilan chegaralangan. 

2020 yili Audi qatorida 3ta elektrokar paydo bo‘lishi kutilmoqda. Ularga Tesla Model X bilan raqobat qiladigan o‘rta o‘lchamli krossover, A9 sedani va shaharlarga moslashgan kompakt-kar kiradi. Ixcham avtomobil bir marta quvvatlangach, 450 km masofani bosib o‘tadi. 

Audi kompaniyasi elektrokarlari va gibrid avtomobillarini Xitoyda ishlab chiqaradi. 2017 yil yanvar oyida FAW kompaniyasi bilan shunday kelishuv imzolangan edi. 

Top