Migratsiya agentligida jonlanish. Jiddiy o‘zgarish kutilmoqda

O‘zbekiston Mehnat vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Koreyaga ishga jo‘natish jarayonidagi test sinovlari vaqtida yuzaga kelgan muammolar tufayli imtihonni topshira olmagan kishilar bilan savol-javob uyushtira boshladi.
Sayt tahririyatiga ma'lum qilishlaricha, savol-javob jarayoni jyeton uchun test sinovlarida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tgan, biroq vaqt yetmagani sababli jarayonda qatnasha olmagan va shundan so‘ng ko‘plab noqulayliklar borasida mamlakat prezidentiga portal orqali murojaat qilgan shaxslar uchun deyarli maxfiy ravishda o‘tkazilmoqda.
Bu ma'lumotlar ishonchli manbalar tomonidan tasdiqlandi. Portalga shikoyat qilganlar bilan telefon orqali aloqaga chiqilib, ular agentlikka chaqirilayotgani aytildi.
Bundan tashqari, testda ishtirok etgan, lekin murakkab va sohaga aloqador bo‘lmagan savollar tufayli undan o‘ta olmaganlar ham portalga murojaat qilgan bo‘lsa, chaqirilmoqda. O‘z navbatida, testdan o‘tganlar ham chaqirilmoqda, ular boshqalar yordamidan foydalangani aniqlangan. Ular bilan koreyalik hamkorlar alohida suhbat qilmoqda.
Janubiy Koreya - qulflangan diyor. Migratsiya agentligining to‘rt kunlik tomoshasi
Ma'lum qilinishicha, 1-2 aprel kungi testda yiqilganlarlarning ko‘pchiligi suhbatdan o‘ta olishgan. Ularga koreys tilida turmush tarzida ishlatiladigan oddiy savollar berilgan va bir nechta shunday savolga to‘g‘ri javob bera olish kifoya qilmoqda.
«Kun.uz» manbasi hodisa joyida bo‘lgan. Uning aytishicha, agentlik binosida anchagina odam to‘plangan.
Shu bilan birga, suhbatga kirish va undan o‘tish natija keltirmasligi ham mumkin.
«Istasangiz kiring, istamasangiz kirmang. Buning ahamiyati yo‘q. Hali nima bo‘lishi aniq emas. Bizda 3 variant bor. Hammasi boshidan boshlanishi mumkin, shu natija qolishi ham mumkin. Yoki butunlay to‘xtatilishi ehtimoli ham yo‘q emas», degan bino ichidan chiqib kelgan agentlik vakili.
U portalga shikoyatlar juda ko‘pligi tufayli vaziyat ko‘rib chiqilayotganini aytib o‘tgan.
Kun oxirida yana bir yangilik paydo bo‘ldi. Unga ko‘ra, agentlik rahbari ishdan ketgan. Endi barchasi boshidan, ro‘yxatga olish jarayonidan boshlanishi mumkin.
Boshqa ishonchli manba ham Mehnat vazirligi huzuridagi Tashqi migratsiya agentligida kadrlar masalasida o‘zgarishlar bo‘lishi haqida xabar berdi.
Bu borada yaqin vaqtlar ichida rasmiy ma'lumot e'lon qilinishi kutilmoqda.
P/S: Buni vaziyatdan chiqishga bir urinish sifatida baholash mumkindir. Lekin shu vaqtgacha sabr qilib, agentlik rahbariyatining intellektual salohiyatiga, muammoni aniq va ortiqcha savol qoldirmaydigan tarzda hal qila olishiga umid qilib kelgan boshqa fuqarolarning manfaatlari hisobga olinmayapti. Ya'ni, bu o‘rinda ayirmachilik holati kuzatilmoqda. Faqat prezidentga murojaat qilganlargina tinglanmoqda. Bu jiddiy e'tibor qaratish zarur bo‘lgan holatdir.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Samarqandda AYoQShda sodir bo‘lgan portlash qurbonlari soni ortdi
O‘zbekiston | 09:54
-
Qirg‘izistondagi zilzila kuchi vodiy viloyatlarida ham sezildi
O‘zbekiston | 07:52
-
Putin Ukrainaga to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni tiklashni taklif qildi
Jahon | 07:45
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
Mavzuga oid

09:33 / 04.04.2025
Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan rasman chetlatildi

10:29 / 24.03.2025
Janubiy Koreyada prezident vazifasini bajaruvchiga nisbatan impichment bekor qilindi

10:55 / 19.03.2025
Koreyaning Ulsan shahar meriyasi orqali O‘zbekiston fuqarolariga soddalashtirilgan tartibda mehnat vizalarini berish mexanizmlari joriy etiladi

15:44 / 05.02.2025