Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texnologiya | 19:42 / 18.04.2017
10167
1 daqiqa o‘qiladi
Yangi iPhone chiqishi nima sababdan kechiktirildi?
Ekspertlarning fikricha, yangi modeldagi iPhone 2017 yilning sentabrida barmoq izlarini olish bilan bog‘liq murakkabliklar tufayli chiqarilmaydi. U displey shishasi ostida joylashadi, deb xabar bermoqda Mashable.
Sensorni ekran ostiga olib kelish yangi smartfonga yanada “tozaroq” dizaynga ega bo‘lish va displey uchun ko‘proq joy ajratish imkonini beradi. U, mish-mishlarga ko‘ra, oldingi panelni egallaydi. Insayderlar ma'lumotiga ko‘ra esa, Home tugmasi ham sensorli bo‘ladi va shisha ostiga joylashtiriladi.