15:24 / 19.04.2017
6897

Instagram Android foydalanuvchilari uchun "oflayn"-rejimni ishga tushirdi

Android foydalanuvchilari Instagram tarmog‘ining ko‘plab funksiyalaridan internetga ulanmay turib foydalanishi mumkin bo‘ladi. TechCrunch shu haqida xabar berdi. 

Endi "oflayn" rejimda "layk" qo‘yish, sharhlar yozish va hatto istagan odamni do‘stlaringiz safidan chiqarishingiz mumkin. Ilova barcha xatti-harakatlarni eslab qoladi va smartfon internetga ulanishi bilan ularni amalga oshiradi. 

Manbaga ko‘ra, keyinchalik bunga yanada ko‘proq funksiyalar qo‘shiladi, shuningdek iOS platformasidagi qurilmalar ham qo‘llab-quvvatlana boshlanadi. 

Mavzuga oid
Top