09:55 / 19.04.2017
11015

Video: Sotuvchi pomidorlar yordamida qurollangan jinoyatchini haydab yubordi

Turkiyaning Shanliurfasida sabzavot do‘koni sotuvchisi qurollangan jinoyatchini pomidorlar yordamida qochirib yubordi, deb yozadi Daily Mail nashri. Hujum tasvirlangan kadrlar kuzatuv kamerasiga tushib qoldi.

Qurollangan jinoyatchi sabzavotlar egasiga tahdid qilgan. Biroq do‘koncha egasi o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi hamda hujum qilganga pomidorlar ota boshlagan. Sotuvchining dovyurakligidan hayratga tushgan jinoyatchi bir necha muvaffaqiyatsiz o‘q uzishdan so‘ng, voqea joyini tark etdi.

"U paydo bo‘lganida men juda band edim. Menga miltiq o‘qtalganidan so‘ng, pomidor otdim va u uning ko‘ziga borib tegdi, natijada u muvozanatni yo‘qotdi hamda tartibsiz ravishda o‘q uza boshladi", - deya ma'lum qildi sabzavotlar sotuvchisi Mahmud Tosun hujumdan keyin.

Ma'lum bo‘lishicha, jinoyatchi do‘koncha egasining sobiq kuyovi ekan. Politsiya hodisa tafsilotlarini o‘rganmoqda.

Top