23:06 / 20.04.2017
11711

Poyga simulyatorlarining 34 yillik rivojlanishi bir rolikda namoyish qilindi

YouTube’dagi Donut Media kanalida 1983 yildan boshlab to shu kungacha poyga simulyatorlarining (kompyuter o‘yinlari) rivojlanishi ko‘rsatilgan rolik paydo bo‘ldi. Videoda o‘yinlarning grafikasi, murakkabligi va ularni yaratishdagi yondashuv qanday o‘zgarganini ko‘rish mumkin. 

Birinchi poyga simulyatorlaridan biri 34 yil avval chiqqan "Chequered Flag" o‘yini bo‘lgan. Unda faqatgina uchta mashina va uchta trassagina bo‘lgan. Zamonaviy poyga o‘yinlari esa virtual reallik ko‘zoynaklarini qo‘llab-quvvatlaydi, avtomobillar ko‘rsatkichlari esa haqiqiy mashinalar ko‘rsatkichlariga asoslangan.

Top