21:48 / 22.04.2017
7426

Odamlar bilan yuzma-yuz: sayyor qabulxona Shayxontohurda

22 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati, Prezidentning Toshkent shahri va Shayxontohur tumanidagi Xalq qabulxonalari tomonidan poytaxt aholisi uchun navbatdagi sayyor qabullar tashkil etildi.

Sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi, Markaziy bank, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim, Xalq ta'limi, Sog‘liqni saqlash, Mudofaa, Moliya, Mehnat, Adliya vazirliklari, davlat qo‘mitalari rahbarlari, Toshkent tumanlari hokimliklari mas'ul xodimlari, fuqarolar ishtirok etdi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, bugungi kunga kelib Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi aholidan jami 15 978 ta murojaat kelib tushgan. Sohalar bo‘yicha o‘rganilganda murojaatlarning asosiy qismini uy-joy olish va uy-joy qurish uchun yer ajratish, joylarda uy-joylarning tamirga muxtojligi yuzasidan masalasi bo‘yicha 3 624 ta murojaat (22,7 foiz), bank-moliya va soliqqa tortish masalalari bo‘yicha 1 525 ta murojaat (9,5 foiz), moddiy yordam, ish haqi, pensiya ta'minoti hamda bolalar nafaqasini olish masalalari bo‘yicha 1 054 ta murojaat (6,6 foiz), sudlarda jinoyat ishlari, fuqarolik ishlari, xo‘jalik sudlarida ishlar ko‘rilishi bo‘yicha 896 ta murojaat (5,6 foiz), mehnat va bandlik masalasi, shu jumladan ishga joylashish va ishga tiklanish masalalari bo‘yicha 710 ta murojaat (4,4 foiz), obodonlashtirish va kommunal xo‘jaligi masalalari, shu jumladan yo‘llarni ta'mirlash masalalari bo‘yicha 561 ta murojaatlar (3,5 foiz) tashkil etadi.

Kelib tushgan murojaatlarning 6 625 tasi Shayxontohur tuman hokimligiga tegishli bo‘lib, ularning 6 441 tasi jismoniy shaxslardan hamda 184 tasi yuridik shaxslardan kelib tushgan. Ushbu murojaatlarning 5 510 tasi (83,2 foiz) ko‘rib chiqilgan bo‘lib, hozirda 1 115 ta (16,8 foiz) murojaat ko‘rib chiqilish jarayonida. Bundan tashqari, o‘tgan davr mobaynida ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 4 864 tasi muddati buzilgan holda javob xati berilgan.


Shayxontohur tuman hokimligida murojaatlar bilan ishlash tizimini to‘g‘ri tashkil etmaslik, murojaatlarni taqsimlash va nazorat qilish ishlariga malakali kadrlarni jalb etmaslik hamda tahlil ishlarini yo‘lga qo‘yilmaslik oqibatida jami 447 ta muddati o‘tgan murojaat mavjud bo‘lib, shundan 178 tasi 2016 yildan qoldiq bo‘lib o‘tgan, 269 tasi esa joriy yilning yanvar, fevral va mart oylarida kelib kelib tushgan. Mazkur murojaatlar qonunda belgilangan ijro muddatlarida ko‘rib chiqilmasdan kelinmoqda.

Ochiq muloqotda tumanlarda murojaatlar bilan ishlash, odamlarning ichiga chuqur kirib borish, ularni tinglash, yig‘ilib qolgan muammolarni hal qilish borasida yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar keskin tanqid qilindi. Odamlar dardi bilan yashash, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etib, farovon turmushni ta'minlash, xato va kamchiliklarga befarq bo‘lmay, ularni bartaraf etish uchun jon kuydirish, barcha o‘z ishiga mas'uliyat bilan yondashish kerakligiga e'tibor qaratildi.

Top