21:33 / 28.04.2017
7587

Germaniya parlamenti Islom diniga xos niqoblarni taqiqlamoqchi

Foto: Reuters

Germaniya Bundestagi (parlament) niqob taqishga cheklovlarni joriy qilish loyihasini ma'qulladi. Qonun loyihasiga ko‘ra, davlat xizmatchilari, sudyalar va harbiy askarlar Islom diniga xos bo‘lgan liboslar va bosh kiyimlarni kiyishlari taqiqlanadi. Agar qonun qabul qilinsa, Germaniya Yevropaning hijob va niqoblarni taqiqlagan beshinchi mamlakati bo‘ladi. 

Shunday qilib, Bundestag inson tanasi va yuzini to‘liq yopadigan liboslarni taqiqlashni ko‘zda tutadigan qonun loyihasini ma'qulladi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

«Integratsiya, shuningdek, o‘z qadriyatlarimizni aniq belgilab olib, ularni tarqatishni anglatadi… Biz tasdiqlagan qonun loyihasi bunga kata hissa qo‘shadi», — deya bayonot bergan GFR IIV rahbari Tomas de Mezer.

Germaniya hukmron koalitsiyasi bayonotida aytilishicha, «diniy yoki g‘oyaviy o‘ranish davlat mulozimlaridan talab qilinadigan betaraflikka ziddir». Qonun, shuningdek, tekshiruvlar chog‘ida ayollar yuzlarini ko‘rsatishlarini talab qiladi. Hujjat Bundesrat (federal yerlar hukumatlari vakilligi) tomonidan tasdiqlanishi kerak. Shundan so‘ng kuchga kiradi. 

Hozirgacha, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya va Bolgariyada shunday cheklovlar amal qiladi. 

Mavzuga oid
Top