08:54 / 02.05.2017
11172

Tataristondagi dahshatli to‘qnashuvda 5 kishi halok bo‘ldi

Foto: tatar-inform.ru


Tataristonda 1 may kechki vaqt uchta yengil mashina ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasida 5 kishi, jumladan bir bola halok bo‘ldi va yana 5 kishi, jumladan 2 bola jarohat olgan. Ular shifoxonaga yetkazilganlar.

Mashinalar R-241 "Qozon-Ulyanovsk" avtomobil yo‘lining 38 kilometrida o‘zaro to‘qnashib ketgan.

Respublika favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, Ford (3 nafar katta odam va bir bola), "Priora" (5 kishi, jumladan 3 bola) va Peugeot krossoveri (2 nafar katta yoshli odam) mashinalari to‘qnashib ketgan.

Foto: tatar-inform.ru

Ma'lum qilinishicha, "Pejo" haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan hamda "Ford Fokus" va "Lada Priora" bilan to‘qnashib ketgan. "Pejo" haydovchisi nima uchun qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgani sababi o‘rganilmoqda.

"Ford Fokus"dagi 5 oylik qizcha, "Priora"dagi 20 yoshli qiz va haydovchi, "Pejo" haydovchisi va yo‘lovchisi halok bo‘lganlar.

Qutqaruvchilar va o‘t o‘chiruvchilar mashina ichida siqilib qolgan yo‘lovchilar va jasadlarni chiqarib olishgan va ularni shifokorlarga topshirishgan. Halokat oqibatlarini bartaraf etishga 34 kishi, 11 ta texnika vositasi jalb qilingan.

Foto: tatar-inform.ru
Foto: tatar-inform.ru
Foto: tatar-inform.ru
Foto: tatar-inform.ru
Foto: tatar-inform.ru
Foto: tatar-inform.ru
Foto: tatar-inform.ru
Mavzuga oid
Top