14:28 / 03.05.2017
10838

Dengiz cho‘chqasi rasman Yangi Zelandiya politsiyasi safiga qabul qilindi

Foto: Facebook/NZPolice

Yangi Zelandiya politsiyasi Elliot laqabini olgan dengiz cho‘chqasini rasman o‘z safiga qabul qildi. Unga ko‘ra, huquq himoyachilari jonivordan mahalliy haydovchilarni tezlik rejimiga rioya qilishga chorlovchi ijtimoiy reklamada foydalanishni rejalashtirishmoqda. 

Hatto maxsus kiyim ham tayyorlangan Elliotning huquq-tartibotchilar qatoriga qo‘shilishi haqidagi xabar Yangi Zelandiya politsiyasining Facebook'dagi sahifasida paydo bo‘ldi. Ta'kidlanishicha, u o‘z ishini shoshilmay, maksimal xavfsiz bajaradi. 

Politsiyaning bu e'loni 1 maydan Yangi Zelandiya maktablarida mashg‘ulotlarning tiklanishiga qaratilgan. Haydovchilar o‘quv muassasalari oldida harakatlanishda ehtiyot bo‘lishga va nazoratchilarga e'tiborli bo‘lishga chaqirilmoqda. 

Top