Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonlik imom masjid farroshiga avtomobil sovg‘a qildi
Foto: azan.kz
Qozog‘istonning Kokshetau shahrida joylashgan Nauan Hazrat masjidining bosh imom-xatibi Kanat Kidirmin juma ibodati vaqtida ko‘p farzandli ayolga avtomobil sovg‘a qildi. Bu haqda “Interfaks” muxbiri xabar bermoqda.
Imom Ostonada mahalliy tadbirkorlar bilan uchrashdi. Ular Kanat Kidirminga "Toyota Kamri" rusumli avtomashina sovg‘a qilishdi. Imom mashina kalitini qo‘liga olar ekan, kutilmagan harakatni amalga oshirdi. U masjidda farroshlik qiladigan xotinga yangi xonadon sotib olishi uchun mashina kaltini tutqazdi.
Gap shundaki, bu ayol eri vafotidan so‘ng yetti nafar bolasini ijara uyda turganicha boqib, tarbiyalayotgan edi.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025