16:39 / 09.05.2017
25246

Toshkentda «O‘lmas polk» yangicha shaklda o‘tkazildi

O‘zbekiston hukumati «O‘lmas polk» aksiyalarini o‘tkazishga ruxsat bermaganiga qaramasdan, bugun «Birodarlik qabri» yodgorlik majmuasida yuzlab kishilar yangicha shakldagi aksiyani tashkillashtirishgan.

Bog‘da yuzlab o‘zbekistonliklar Ikkinchi jahon urushida qatnashgan qarindoshlarining portretlarini ko‘targan holda to‘planishgan.

Aktsiya ishtirokchilari monument poyiga gullar qo‘yishgan va marhumlarni xotirlashgan. Shundan so‘ng bog‘da bayramona konsert boshlangan.

Bugun shuningdek, Toshkent aholisi Xotira maydonidagi «Motamsaro ona» haykali poyiga gullar keltirishdi va «Mangu olov» monumenti oldida o‘tganlar ruhini xotirlashdi.

Top