19:05 / 10.05.2017
20835

Dunyodagi eng og‘ir vaznli kishi operatsiya qilindi

Foto: sg.style.yahoo.com

Dunyodagi eng og‘ir vaznli kishi hisoblangan Xuan Pedro Franko Meksikada muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. 595 kilogramm vaznli kishining oshqozonida maxsus jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Agence France Presse 10 may kuni shu haqida xabar berdi

Operatsiya Frankoga vaznini ikki karra kamaytirishga yordam berishi kerak. Ta'kidlanishicha, bemorni kamida yana bir operatsiya kutmoqda, lekin avval o‘zgarishlarning organizmga ta'sirini kuzatish zarur. Ikkinchi operatsiya taxminan 2017 yilning noyabr oyiga mo‘ljallangan: uning oshqozoni va ichaklari hajmi kichraytiriladi.

Franko uzoq yillar davomida to‘shakka mixlanib qolgan. The Daily Mirror'ga ko‘ra, u operatsiya qilinish huquqini qo‘lga kiritguncha 27 kilogrammga ozishiga to‘g‘ri kelgan: shifokorlar erkak vaznini to‘g‘irlashi uchun tayyor ekaniga ishonch hosil qilishi kerak bo‘lgan. Bundan tashqari, Franko qondagi qand miqdori va qon bosimi ko‘rsatkichlarini kuzatishi kerak bo‘lgan.

2016 yilda dunyoning eng og‘ir vaznli kishisi meksikalik Manuel Uribe halok bo‘lgan. 2007 yilda uning vazni 597 kilogramm bo‘lgan. Parhez va shifokorlar yordami bilan u 2008 yilda 360 kilgrammgacha ozishga muvaffaq bo‘lgan. O‘limi oldidan uning vazni 394 kilogramm bo‘lgan.

Top