Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgda O‘zbekiston fuqarosiga hujum qilishdi
Foto: TASC
9 may kuni kechki payt Sankt-Peterburg shahridagi «Ulitsa Dybenko» metro bekati yonida noxush hodisa yuz berdi – noma'lum shaxslar O‘zbekiston fuqarosiga hujum qilishdi.
Jabrlangan shaxs turli tan jarohatlari bilan kasalxonaga yetkazildi. Ma'lumotlarga ko‘ra, 9 may kuni «Ulitsa Dybenko» metro bekati yonida soat taxminan 4:00larda noma'lum shaxslar 25 yoshli o‘zbekistonlikka hujum qilgan.
Jabrlangan bosh miya og‘ir jarohati, epidural gematoma, peshona sohasi jarohati, bosh miya ochiq jarohati, peshona sohasi suyagining chap tomoni ochiq sinishi tashxisi bilan kasalxonaga yetkazildi. Ayni damda u Nevsk tumani kasalxonasida tibbiyot xodimlari nazoratida.
Hodisa tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.
Mavzuga oid
19:01 / 12.01.2026
AEXA O‘zbekistonni uran chiqindilaridan tozalash rejasini tasdiqladi
12:44 / 07.01.2026
O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz kirish davlatlari soni oshiriladi
18:02 / 05.01.2026
O‘zbekistonda bir yilda 4 000 ta standart bekor qilindi
20:57 / 03.01.2026