16:03 / 12.05.2017
5361

APLda aprel oyining eng yaxshilari aniqlandi

«Tottenhem» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Angliya Premer-ligasining aprel oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi. 

«Tottenhem» aprelda bo‘lib o‘tgan APLning 6 uchrashuvining barchasida g‘alaba qozongandi.

Londonliklar mehmonda «Byornli» (2:0), «Suonsi» (3:1) va «Kristal Pelas»ni (1:0), «Uayt Hart Leyn»da esa «Uotford» (4:0), «Bornmut» (4:0) va «Arsenal»ni (2:0) mag‘lubiyatga uchratgandi.

Pochettinodan tashqari g‘oliblik uchun «Manchester Yunayted» ustozi Joze Mourino, «Chelsi» murabbiyi Antonio Konte, shuningdek Kreyg Shekspir («Lester Siti») va Marku Silva («Hall Siti») da'vogarlik qilishgandi.

«Tottenhem» klubi hujumchisi Son Hyong Min esa aprel oyida APLning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 

Janubiy koreyalik futbolchi aprel oyida o‘tkazilgan 6 uchrashuvda 5ta gol va bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi. 

Shuningdek, Son bu sovrinni qo‘lga kiritgan birinchi osiyolik futbolchiga aylandi.

Mavzuga oid
Top