Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyaning yangi prezidenti KXDR bilan muloqot shartini e'lon qildi
Foto: AP
Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In Pxenyan o‘z pozitsiyasini o‘zgartirsagina bu mamlakat bilan muloqotga kirishishi mumkinligini ma'lum qildi. Bu haqida "Ryonxap" agentligi xabar berdi.
"Shimoliy Koreya o‘z pozitsiyasini o‘zgartirsagina, u bilan muloqotga kirishish mumkin", - dedi prezident.
9 may kungi saylovlar natijasiga ko‘ra, prezident lavozimiga o‘tirgan Mun Chje In bundan avval Shimoliy Koreya bilan muloqotga kirishish zarurati haqida gapirgan edi. Yakshanba kuni KXDRda raketaning ishga tushirilishi uning prezidentlik davridagi birinchi sinov bo‘ldi.
Yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 5:28da Shimoliy Koreya o‘zining g‘arbiy qirg‘og‘idagi Pxyonan-Pukto provinsiyasi, Kuson uyezdidan raketa uchirdi. Raketa 30 daqiqa parvoz qildi, parvoz masofasi 800 kilometrni tashkil qildi. U Koreya yarim oroli sharqidan 400 kilometr narida Yapon dengiziga borib tushgan, bu taxminan Yaponiyaning iqtisodiy zonasidan tashqarida. Yapon hukumati ma'lumotlariga ko‘ra, parvoz balandligi 2000 kilometrdan ziyod bo‘lgan.
Yaponiyalik harbiylar raketa turini tahlil qilishmoqda. Ta'kidlash joizki, yapon dengiz va havo kemalariga yetkazilgan ziyon to‘g‘risida hech qanday xabar yo‘q. AQSh ma'muriyatiga ko‘ra, raketa AQSh chegarasi yaqiniga, "Yaponiyadan ko‘ra Rossiyaga yaqinroq hududga" kelib tushgan.
Mavzuga oid
12:26
Janubiy Koreya sobiq prezidenti Yun Sok Yol umrbod ozodlikdan mahrum etildi
20:42 / 16.02.2026
«Janubiy Koreya - Markaziy Osiyo» birinchi sammiti sanasi belgilandi
15:55 / 13.02.2026
Kim Chen In qizini voris sifatida tanlab bo‘lgan – Janubiy Koreya razvedkasi
14:16 / 03.02.2026