12:07 / 15.05.2017
2892

Hindistonda avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Foto: AP

Hindistonning Bihar shtatida yo‘lovchi avtobusining ag‘darilib ketishi oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘lib, 50 kishi jabrlangan. Bu haqda PTI politsiyaga tayangan holda xabar qilmoqda. 

Qurbonlar orasida ikki nafar voyaga yetmaganlar ham borligi aytilmoqda. Bundan tashqari, jabrlanganlardan 12 nafarining ahvoli juda og‘irligi ta'kidlanmoqda. 

Yo‘l-transport hodisasi yarim tunda Navada okrugida ro‘y bergan. Politsiya vakili Avadxesh Kumar so‘zlariga ko‘ra, haydovchi transport vositasi boshqaruvini yo‘qotgani sababli zovurga qulab tushgan. Politsiya vakilining aytishicha, haydovchi rulda uxlab qolgani ham ehtimol. 

Top