08:05 / 17.05.2017
6430

APL. «Manchester Siti» 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi

Angliya premer-ligasining 34-turidan qoldirilgan uchrashuvi doirasida «Manchester Siti» va «Vest Bromvich» jamoasini qabul qildi.

Uchrashuvning 27-daqiqasida Gabriel Jyezus Kevin de Bryuynening chap qanotdan uzatgan to‘pini bo‘sh qolgan darvozaga yo‘llab hisobni ochgan bo‘lsa, oradan roppa-rosa 105 soniya vaqt o‘tib endi Gabriel Jyezusning to‘p uzatishidan so‘ng Kevin de Bryuyne hisobdagi farqni ikkitaga oshirdi. Ikkinchi bo‘limda esa Yaya Ture Serxio Aguero bilan «devor» uslubida harakat qilib hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Ammo 87-daqiqada Robson-Kanu hisobni bittaga qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Qolganiga mehmonlarning kuchi yetmadi.

Uchrashuvda mezbonlar tarkibida 9 mavsum davomida to‘p surgan Pablo Sabaleta ikkinchi bo‘limda maydonga tushdi va o‘zining Manchester mezbonlik qilgan so‘nggi uchrashuvini o‘tkazdi. Uchrashuvdan so‘ng argentinalik futbolchi uchun maxsus xayrlashuv dasturi uyushtirildi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Siti» hisobidagi ochkolar soni 75taga yetdi va jamoa «Liverpul»ni 2 ochkoga ortda qoldirib, 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Shaharliklar» 5-o‘rinda borayotgan «Arsenal»ni uch ochkoga ortda qoldirmoqda. Sitining to‘plar nisbati +36ni tashkil qilayotgan bo‘lsa, «Arsenal»da bu ko‘rsatkich +31ni tashkil qilmoqda. So‘nggi turda «Siti» «Uotford»ga qarshi uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan taqdirda ham «Arsenal»dan ustunlikni saqlab turgan to‘plarni nisbatini saqlab qolsa, YeChLda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Angliya premer-ligasi
34-turning qoldirilgan uchrashuvi

Manchester Siti – Vest Bromvich 3:1 (2:0)

Gollar: Gabriel Jyezus (27), de Bryuyne (29), Ture (57) – Robson-Kanu (87).
Manchester Siti: Kabalero, Otamendi, Kompani (Stounz, 77), Kolarov, de Bryuyne, Fernandino, Silva (Sabaleta, 62), Ture (Fernando, 81), Sane, Aguero, Gabriel Jyezus.
Vest Bromvich: Foster, Uilson (Makkleyn, 52), Nom, Douson, Evans, Fletcher, Yakob, Livermor (Morrison, 65), Shadli, Brant, Rondon (Robson-Kanu, 71).
Ogohlantirishlar: Shadli (51), Douson (52), Sane (70).

Mavzuga oid
Top