2017 yil 17 may kuni Namangan shahridagi “Yosh kuch” o‘yingohida, viloyat huquq-tartibot organlari hamkorligida, Ommaviy tartibsizliklarning oldini olish, bartaraf etish va jamoat tartibini saqlashga qaratilgan amaliy o‘quv-mashg‘uloti o‘tkazildi. Bu haqda “Kun”ga Namangan viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Amaliy-o‘quv mashg‘ulotdan ko‘zlangan asosiy maqsad, kuch va vositalarning extimoliy tartibsizliklarga qarshi tayyorgarligini tekshirish va xushyorlikni oshirishdan iboratdir.