Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiya qiroli o‘zi bilan bog‘liq katta sirni ochdi
Niderlandiya qiroli Villem-Aleksandr o‘zi bilan bog‘liq katta sirni oshkor qildi: u hanuzgacha yashirin tarzda KLM Cityhopper aviakompaniyasi reyslarida ikkinchi uchuvchi bo‘lib ishlar ekan. U bir oyda ikki marta muntazam ravishda parvozlarda ishtirok etadi.
Qirolning aytishicha, u o‘zining aslida kimligini oshkor qilmagan holda yo‘lovchilarni ekipaj nomidan qutlashni xush ko‘radi. Biroq, ba'zida uni ovozidan tanib qolishadi.
VVS telekompaniyasining ta'kidlashicha, qirolda uchuvchilik guvohnomasi borligi avval ham ma'lum bo‘lgan: u bu ruxsatnomani saqlab qolish uchun vaqti-vaqti bilan kichik o‘lchamdagi Fokker 70 samolyoti shturvali ortiga "taklif qilingan mehmon uchuvchi" sifatida o‘tirgan. Biroq uning yo‘lovchi reyslarda uchuvchi bo‘lib ishlashini hanuzgacha hech kim bilmagan.
Villem-Aleksandr yana bir sirni oshkor qildi: u yozda malaka oshirish kurslaridan o‘tib, uzoqda joylashgan shaharlarga ko‘p sonli yo‘lovchilarni tashish uchun Boeing 737 laynerini boshqarishni o‘rganib olmoqchi.
Mavzuga oid
14:43 / 17.12.2025
RF Yevropa sudiga da’volar kiritgan NNTni “nomaqbul” deb e’lon qildi
14:25 / 15.12.2025
Amsterdamda TSAHAL kantori chiqishiga qarshi namoyishda 22 kishi ushlandi
13:53 / 11.12.2025
Polshadagi NATO havo himoyasi missiyasi Niderlandiyaga topshirildi
09:09 / 08.11.2025