21:31 / 22.05.2017
42560

Fotosayohat: Yangi muhtasham “Novomoskovskaya” binosining ochilish marosimi

20 may kuni “Golden House” kompaniyasi poytaxtning markazida qad rostlagan yangi “Novomoskovskaya” turar-joy majmuining tantanali ochilish marosimini o‘tkazdi. Aytish joizki, bu kecha o‘zining noodatiyligi, yorqin lahzalarga boyligi bilan mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Qanday qilib deysizmi? Bu savolga javobni marosimdan tayyorlangan eksklyuziv fotoreportaj orqali bilib olasiz.

“Novomoskovskaya” haqida

“Novomoskovskaya” - bu Toshkentdagi eng yirik qurilish kompaniyasining noyob loyihasi. Keng yo‘laklar, betakror dizayn va ajoyib bog‘ manzarasi – bularning bari turar-joy majmuini shahardagi eng go‘zal maskanga aylantiradi.

 

Tantanali ochilish marosimi

Keng miqyosda o‘tkazilgan ochilish marosimi mehmonlari karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi. Kechani “Golden House” kompaniyasining rahbari Shuhrat Shamsuddinov ochib berdi:

“Bizning hozirgi kundagi eng katta loyihamizning ochilish marosimiga tashrif buyurganingiz uchun tashakkur. Biz bu imoratni odatdagidek qurilish binosi emas, balki ko‘plab oilalarga shinam uy bo‘lishi uchun juda ham uzoq vaqt, qattiq tayyorgarlik ko‘rdik. Umid qilamanki, natija sizlarni qoniqtirdi».

Kompaniya rahbari «Novomoskovskaya» turar-joy binosining qurilish loyihasi muallifi bilan qizil bog‘ichlarni kesish marosimini ham o‘tkazishdi. Shuningdek, kompaniyaning faol xodimlarini taqdirlash kechasi ham bo‘lib o‘tdi. 

 “Di Live” guruhining jonli ijrodagi taronalari esa kecha mehmonlariga unutilmas onlarni hadya etdi.

 

Bolalar uchun chinakam bayram

Ochilish marosimida bolajonlar uchun sevimli ertak qahramonlari maxsus bayram sharlarini ulashishdi. Akvagrimm ustalari esa bolalarga ajoyib suratlar chizishdi. 

Kecha memonlari Gorchitsa, Chaykof hamda La Cantine restoranlari tomonidan tayyorlangan mazali yegulik va ichimliklardan ham bahramand bo‘lishdi. Eslatib o‘tamiz, aynan shu restoranlar endilikda “Novomoskovskaya” turar-joy majmuida faoliyat olib boradi. 

“Novomoskovskaya”da siz uydan tashqariga chiqmagan holda vaqtingizni chog‘ o‘tkazishingiz mumkin. Sababi, majmua ichida Makro supermarketi, Befit fitnes-markazi, Garderobe kiyimlar do‘koni, Evropa Exclusive poyabzallar makoni ham mavjud.

Ochilish marosimida kompaniya o‘zining faoliyatiga doir taqdimotlarni ham namoyish etdi. 

Golden House O‘zbekistonda ilk bor arxitektura va qurilish yo‘nalishida chop etiladigan jurnal – Archikultura taqdimotini ham o‘tkazdi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top