17:27 / 22.05.2017
7557

Grantlar o‘rniga kreditlar: AQSh Ukrainani beminnat yordamdan mahrum qilmoqchi

Foto: AP

Kiyev Vashingtonning beminnat mudofaa yordamidan mahrum bo‘lishi mumkin. AQSh o‘nlab mamlakatlar, shu jumladan Ukrainaga nisbatan yordam dasturlarini to‘xtatish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Wall Street Journal shu haqidagi xabari bilan bo‘lishdi

Manbaga ko‘ra, Amerika hukumati beminnat yordam dasturini kreditlashga almashtirmoqchi. Bunday choralar nashr tasarrufiga kelib tushgan idora hujjatlarida qayd etilgan.

Wall Street Journal'da ta'kidlanishicha, Tramp ma'muriyati byudjyeti loyihasida ko‘zda tutilgan chora umumiy qiymati taxminan milliard dollarlik yordam dasturiga taalluqli bo‘lishi mumkin. 

Davlat departamentiga kelib tushgan hujjatda Pokiston, Tunis, Livan, Kolumbiya, Filippin, Vetnam va qator boshqa davlatlarning beminnat yordamdan mahrum bo‘lishi qayd etilgan. Isroil, Misr va Iordaniyaga ko‘rsatiladigan harbiy yordam esa saqlanib qoladi. 

Davlat departamentida kreditlash tizimiga o‘tish samara bermaydi, deb hisoblashmoqda: ko‘rsatilgan mamlakatlarning aksariyati yo kredit uchun murojaat qilishni istashmaydi, yoki ularning taqdim etilishi uchun zarur talablarni bajara olmaydi. 

Mavzuga oid
Top