Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Haydovchilar shantajchi piyodadan ehtiyot bo‘ling!
Facebook ijtimoiy tarmog‘ida guruhida Toshkent shahri haydovchilarini ogohlikka da'vat etuvchi videolavha paydo bo‘ldi.
2017 yil 21 may sanasi qayd etilgan videoda voqea Toshkent shahri Amir Temur ko‘chasining “O‘zbekiston” universal sport majmuasiga olib boruvchi ko‘cha bilan chorraha yaqinida yuz berganini ko‘rish mumkin.
Unda shaxsi noaniqligicha qolgan piyoda g‘arazli maqsadda yaqinlashib kelayotgan avtomobil yo‘liga yotib olgani yaqqol ko‘rinadi. Haydovchi epchillik qilib avtomobilni to‘xtatgan. Buni ko‘rgan piyoda hech narsa bo‘lmagandek, joyidan turgan va yo‘l chetiga chiqib ketgan.
Shu munosabat bilan, Kun.uz tahririyati ham nafaqat Toshkent, balki respublikadagi barcha haydovchilarni avtomobilni boshqarayotganda hushyor, ehtiyotkor va ogoh bo‘lishga, belgilangan tezlik me'yorlariga rioya etishga chaqiradi.
Mavzuga oid
20:34 / 16.01.2026
Avstraliya ijtimoiy tarmoqlarda bolalar davrini to‘xtatdi: qariyb 5 million akkaunt cheklandi
19:50 / 12.01.2026
Farg‘onada “prava”siz ayol uch odamni urib yubordi, bir kishi to‘shakka mixlandi: jabrlanuvchilar sud hukmidan norozi
11:57 / 09.01.2026
Toshkentda taksichilardan pul undirgan guruh qo‘lga olindi
19:11 / 16.12.2025