23:42 / 26.05.2017
13465

Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishi mumkin

Foto: AP Photo / Gregorio Borgia

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaga nisbatan qo‘yilgan sanksiyalardan voz kechmoqchi emas, aksincha, ularni kuchaytirishi mumkin, dedi Trampning maslahatchisi Geri Kona. Bu haqida ABC xabar berdi. 

"Oq uy Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kamaytirmaydi. Ehtimol, biz Rossiyaga nisbatan yanada qat'iy yondashuvni tanlarmiz", dedi u.

Bundan avval Wall Street Journal'ning Amerika prezidenti ma'muriyatidagi manbasi Donald Tramp Barak Obama tomonidan Rossiyaga qarshi joriy qilingan sanksiyalarni saqlab qolishni rejalashtirayotgani haqida ma'lum qilgandi. 

24 may kuni Italiyaga tashrifi davomida Tramp AQSh va Yevropa ittifoqi tomonidan Rossiyaga nisbatan kiritilgan sanksiyalar borasida "transatlantik birlik" haqida ma'lum qildi. 

Top